O'zbekchaga tarjima qilish bilan qanday ishlash kerak

Yii juda ko'p tillarga tarjima qilinayabdi shu jumladan o'zbekchaga ham. Tarjima qo'llanma va habarlarni o'z ichiga oladi.

Freymvork habari

Ikki turdagi habarlar bor: istisnolar, qaysiki ishlab chiquvchi nazarda tutgan va ular tarjima qilinmaydi va habarlar, qaysiki foydalanuvchilarga ko'rsatiladigan. Masalan, validatsiyaning xatoliklari.

Tarjimani yangilash uchun:

  1. Konsolda framework direktoriyani ochamiz, yii message/extract messages/config.php ni ishga tushiramiz.
  2. Habarlarni framework/messages/uz/yii.php ga ko`chiramiz. Muhimi fayllar UTF-8 kodlashda bo'lishi kerak.
  3. uz dagi tarjimalar bilan pull request qilamiz, qolgan tillarga tegmaymiz.

Tarjima fayllarda massiv joylashgan. Uning kalitlari - boshlang'ich kodlar, qiymatlari - tarjima. Agar qiymat bo'sh bo'lsa habar tarjima qilinmagan hisoblanadi. Kodda boshqa uchramaydigan habarlar tarjimasi '@@' ga o'ralgan. Ayrim habarlar uchun sonlar bilan qo'llanilishini qo'llab-quvvatlash uchun maxsus format ni ishlatish zarur.

Qo'llanma

Qo'llanamani tarjimasi docs/<original>-uz da joylashgan, bu yerda - original direktoriyalarga mos keladi, masalan, guide yoki internals.

Agar qo'llanma tarjimasi tugagan bo'lsa, build direktoriyasida konsolni ochib va quyidagini bajarib, originaldagi oxirgi tarjimadan keyingi diff o'zgarishlarni olish mumkin:

php build translation "../docs/guide" "../docs/guide-uz" "Uzbek guide translation report" > report_guide_uz.html

Agar composer uchun urushsa, bosh direktoriyada composer install ni bajaring.

Tarjima qilishdan oldin hech kim shug'ullanmayotganligini tekshiring va o'zingizga [barcha tarjima qilinayotgan hujjatlarni ro'yhatini] yozib oling //Ushbu manzilni ulardan olgandan keyin o'zgartirib qo'yish kerak bo'ladi. (https://docs.google.com/spreadsheets/d/10dS7VB_3jSxUorryRlplB7nhA59e3i2vLYmTwn_1d3I/edit?usp=sharing).

Barcha o'zgarishlarni quyidagi ko'rinishda olib boramiz pull request.

Umumiy qoidalar

  • Ko'p terminlar o'zbekchada bitta ma'noga ega emas va o'zbekchada ko'p qo'llanilmaydigandir, shu sababli agar matnda shunday terminlar uchrasa ularni birinchi bor qo'llanilgan joyida qavs ichida ingliz tilidagi varianti ko'rsatilishi kerak; (terminlarning tarjimasini qo'llanilish variantlari quyida keltirilgan);
  • Agar tarjima vaqtida matnning qaysidir qismi mazmuni o'zgarayotgan bo'lsa va siz uni shunday tarjima qilish kerakligiga ishonchingiz komil bo'lmayotganday tuyulsa ushbu qismni * ichiga oling(ichidagi matn qiya holatga keladi). Bu olib tashlash/to'g'rilashlar vaqtida ushbu matnlarga alohida e'tibor qaratishga imkon beradi;
  • Tarjima vaqtida fakt xatoliklarni qilmang!
  • Matnda tashqi manbalarga murojaatlar uchraydi, agar murojaat terminni izohlash maqolasiga olib boradigan bo'lsa, u holda o'zbekchada tarjimasi bo'r bo'lgan vaziyatda o'zbekchasiga murojaat qilinadi. Masalan http://en.wikipedia.org/wiki/Captchahttp://uz.wikipedia.org/wiki/Captcha.
  • Sharhlar kodda tarjima qilinadi, agarda birinchi holatdagi mazmunini o'zgartirmasa; Matndagi vaqtinchalik sharhlarni imkon qadar faqat lokalda ishlatish kerak! Aks holda uni reliz ga tushib qolish ehtimoli bor;
  • Bo'limlarni tarjima qilish vaqtida README.md dagi tarjimani olib ketamiz;
  • Shaxsiy qo'shimcha-sharhlarni qo'shish imkoni bor, lekin xaosdan qochish uchun original bitta bo'lishi kerak. Bunga zarurat vaqtida sharh oxiriga "tar. shar." ni qo'shish kerak;
  • Hujjatni umumiy to'g'rilashni o'tkazgandan so'ng mustaqil ravishda faqat ushbu bo'limga tegsihli bo'lgan grammatikadagi, fakt xatoliklardagi o'zgarishlarni kiritish talab darajasida tavsiya etiladi. Boshqa holatlarda gaplarni to'g'rilash, yaxshilash uchun va zarur hollarda o'zgarishlarni markazlashgan tarzda barcha bo'limlar uchun amalga oshirish uchun ularni tahlilga qo'yish zarur.

Qo'llanma strukturasi

Tarjima qilish vaqtida hujjatning struktura birligini to'g'ri nomlash muhim. Quyida keltirilgan strukturaga amal qilamiz :

  • Bob 1
  • Bo'lim 1
  • Bo'lim 2
    • Qism bo'lim 1
  • ...
  • Bo'lim N
  • Bob 2
  • ...
  • Bob N

Maxsus habarlarni tarjimasi

  • Tip → Ko'rsatma
  • Note → Eslatma
  • Info → Ma'lumot

Rasmlarni tarjima qilish

Qo'llanma uchun rasmlar images qism katalogida joylashgan. Ularning barchasi yED da yaratilgan. Zarurat tug'ilgan vaqtda fayl tarjima qilinayotgan katalogning images katalogiga nusxalanadi va tarjima qilinib png formatida saqlanadi.

Rasmlardagi yozuvlar tarjima qilinadi.

Grammatika

Oxirgi variantni tashlashdan oldin uni umumiy stilini, orfografiyasini, punktlarini tekshiring. Tarjimani o'zbek tili uchun orfografiyani Wordda tekshirish imkoni bo'lmasada uning yordamida tayyorlashingiz mumkin;

Terminlar ro'yhati

  • action — amal.
  • active record — tarjimasiz.
  • attach handler — «qayta ishlovchini tayinlash».
  • attribute of the model — model atributi.
  • camel case — tarjimasiz.
  • customization — (nozik) sozlash
  • column — ustun (agar MO haqida gap ketayotgan bo'lsa).
  • content — tashkil etuvchilari.
  • controller — kontrollyor.
  • debug (mode) — kod sozlash (tartibi) (production mode ga qarang).
  • eager loading — ziqna yuklash uslubi/ziqna yuklash (lazy loading ga qarang).
  • PHP extension — PHP kengaytmasi.
  • field (of the table) — jadval (yoki atribut) maydoni.
  • framework — freymvork.
  • front-controller — front-kontrollyor.
  • getter — getter.
  • (event) handler — qayta ishlovchi (hodisa).
  • hash — xesh.
  • helper - yordamchi.
  • id — qiymatlovchi(identifikatsiyalovchi).
  • instance — nusxa.
  • lazy loading — chetga olingan yuklash (qanday kerak bo'lsa shunday yuklasymiz va erta emas).
  • method — metod (obektniki) //Diqqat! Obekt/klaslarda funksiyasi yo'q, faqat metodlari bor.
  • model — model, ma`lumotlar modeli.
  • model form — formalar modeli.
  • parameter — parametr (metod yoki funksiyada va lekin klasda emas).
  • to parse — qayta ishlash, agar kontekst tushunarsiz bo'lsa parsing qilish.
  • placeholder — marker.
  • production (mode) — ishlab chiqarish (rejimi) (см. debug mode).
  • property — xususiyati (obekt).
  • to render — render qilish, formallashtirish.
  • related, relation — bog'langan, bog'lanish.
  • resolve request — so'rovni oldindan qayta ishlash.
  • route — marshrut.
  • row (of the table) — satr(jadvallarniki).
  • setter — setter.
  • tabular input — tabli kiritish.
  • to validate — tekshirish.
  • valid — mos.
  • validator — validator.
  • validator class — validator klasi.
  • view — namoyish.
  • query builder — so'rovlar konstruktori.